한복한대동제.
Universtitutimizda chet elliklar uchun Koreya madaniyatini to'g'ridan to'g'ri tajriba qilib ko'rish imkoniyatini beradigan turli xil programmalar mavjud. Ana shunday programmalardan biri koreys milliy kiyimi bo'lmish Hanbokni kiyib ko'rib, koreys milliy urf-odatlari bilan ham tanishtiradigan "Hanbokful Daedong-je"(한복한대동제)dir.
Men ham ana shu tadbirda ishtirok etib, Koreya madaniyatini tajriba qilib ko'rdim. Hamda u yerda yangi do'stlar ham orttirdim. Ushbu tadbirda ishtirok etishdan avval men biladigan talaba bitta ham yo'q, tadbirda ishtorok etganim bilan juda zerikarli o'tadi, ishtirok etmaganim yaxshimikan degan xayol qildim. Lekin men o'ylaganimdan ancha farqli, juda ham ajoyib kun bo'ldi.
Men u yerda ajoyib va samimiy insonlarni uchratdim.Tadbirda turli xil davlatdan kelgan o'ndan ortiq ishtirok etishdi.
Biz ushbu tadbirda faqat Hanbok kiyibgina qolmasdan Koreys shirinliklaridan, taomlaridan ham tatib ko'rdik.
Ha aytgancha koreylarning 'choy madaniyati' ham bo'lib, biz ularning ajoyib ta'm hamda iforga ega choyidan ham tatib ko'rishga muyassar bo'ldik.
Bularning barchasi juda ajoyib edi. Hamda men bu yerda talabalik davrimni qiziqarli va mazmunli o'tkazyapman deb ayta olaman.